Misrning Sinay yarimoroli shimolida sodir etilgan teraktda uch nafar politsiyachi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, jangarilar G‘azo sektori bilan chegaradagi Rafax shahrida markaziy xavfsizlik boshqarmasi zirhli mashinasi yo‘lida qo‘lbola bomba portlatgan. Halok bo‘lganlar orasida zobit va ikki nafar muddatli harbiy xizmatchi bo‘lgan.