AQSh qurolli kuchlari tomonidan shu yil oktabrida Afg‘onistonning Qunduz shahridagi “Chegara bilmas shifokorlar” tashkiloti gospitali o‘qqa tutilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘lgan. Gumanitar tashkilot o‘z saytida shunday yangilangan raqamlarni keltirgan, deya xabar beradi “TASS”.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, batafsil tekshiruvlardan so‘ng halok bo‘lganlar orasida kasalxonaning 14 nafar xodimi, 24 nafar bemor va xastalarga qarayotgan ularning to‘rt nafar yaqini bo‘lgani aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq kasalxonaga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 30 kishini tashkil etgani haqida xabar bergandik.