Isroil AQSh bilan hamkorlikda ishlab chiqqan raketaga qarshi mudofaa (RQM) tizimini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Meduza xabar qilmoqda.
Isroilning mudofaa boshqarmasi xabar berishicha, Arrow 3 tizimidagi yangilangan, tutub olishga mo‘ljallangan raketa sinov doirasida atmosferadan tashqarida bo‘lgan nishonni muvaffaqiyatli urib tushirdi.
Mudofaa vazirligida bu sinovlarni yangi RQM tizimini ishga tushirishdagi muhim bosqich ekanligi ta’kidlanmoqda.
Arrow 3’ni ishlab chiqqan mutaxassislarning hisob-kitobiga ko‘ra, RQM tizimi raqibning raketalarini ― ular uchirilgandan keyin juda qisqa vaqt ichida atmosfera ortida urib tushira oladi. Tizim, ballistik, misol uchun, Eron yoki Suriyadan uchirilgan raketalardan himoyalashga mo‘ljallangan.
Izoh (0)