Falastinlik taniqli rejissor Xoniy Abu Asad Dehlida bo‘lib o‘tgan xalqaro kinofestival mukofotini isroillik diplomat qo‘lidan olishdan bosh tortdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa festivalning yopilish marosimi chog‘ida ro‘y berdi. Tashkilotchilar Isroilning Hindistondagi elchixonasi madaniyat masalalari bo‘yicha maslahatchisi Xannu Azmidan falastinlik rejissorga mukofotlardan birini topshirishni iltimos qildi. Biroq Abu Asad sahnaga chiqishdan bosh tortdi va mukofotni mahalliy kinoarboblardan biri topshirishi haqida qaror qabul qilinmaguncha joyidan jilmadi.
Festivalda ishtirok etgan bir qator kino san’ati vakillari falastinlikning bu xatti-harakatini qoralab, “siyosat va madaniyatni aralashtirmaslikka” chaqirdi.
Izoh (0)