AQSh davlat kotibi Jon Kerri kelasi hafta Moskvaga tashrif bilan kelish niyatida ekanligini ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif chog‘ida u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib bormoqchi. Kerri uchrashuvda Ukrainadagi vaziyatni hamda Suriyadagi inqirozni siyosiy tartibga solishni muhokama qilmoqchi.
“Men bir haftadan keyin Moskvaga borib, Ukraina va Suriya masalalari bo‘yicha Putin va Lavrov bilan uchrashmoqchiman”, — dedi Kerri.
Izoh (0)