Qozog‘istonning Pavlodar shahridagi basseynda 53 yoshli tashrifchi Quvondiq Asanovning yuragi yomon bo‘lib qoldi, biroq basseyn xodimlaridan hech biri buni payqamadi, natijada erkak cho‘kib ketdi, deya xabar bermoqda “Nur.kz”.
Fojia shu yilning 19-noyabrida sodir bo‘lgan. Basseyndagi videokamera yozuvlari erkak hovuz o‘rtasida hushidan ketganini ko‘rsatdi. O‘n daqiqacha basseyn tashrifchilari yurak xuruji tufayli cho‘kib ketgan erkakning jasadini nari surib suzib yurgan.
Biroz vaqtdan so‘ng uni tashrifchilar ko‘rib qolgan va basseyn ishchilarini chaqirgan. Uni suvdan chiqarib, tibbiy yordam ko‘rsatishga urinishgan, biroq bunga juda kech bo‘lgandi.
Ayni paytda Asanov Quvondiqning o‘limi holati bo‘yicha Pavlodar shahridagi “To‘lqin” basseynida tekshiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)