Berlindan Xurgadaga yo‘l olgan yo‘lovchi samolyoti bortda portlovchi qurilma bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi xabardan so‘ng shoshilinch ravishda Vengriya poytaxti Budapeshtda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Politsiya matbuot kotibining ma’lum qilishicha, samolyot bortidagi bomba haqidagi xabar aviadispetcherga ma’lum qilingan. Ayni paytda portlovchi qurilmani qidirish ishlari olib borilmoqda. Yo‘lovchilar va yuklar tekshirilmoqda.
Izoh (0)