Amerikalik mashhur bokschi Floyd Meyvezer 4-dekabr kuni “Rossiya” davlat markaziy konsert zalida boks bo‘yicha eng ko‘p kishilik mashg‘ulot o‘tkazib, Ginnessning Rekordlar kitobiga kirdi, deya xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Sportchining mahorat darsiga 791 kishi keldi, bu o‘tgan galgi rekorddan 283 kishiga ko‘p. Diplomni sportchiga Ginness rasmiy hakami topshirdi.
Tadbir chog‘ida Floyd zarba, o‘tirib-turish, sakrash, zarbalarga chap berish va boshqa usullarni ko‘rsatib berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq amerikalik bokschi Floyd Meyvezer brendi ostida mahsulotlar savdo-sotiq qiluvchi The money team kompaniyasi xodimlari sportchiga Hindistondan keltirilgan urg‘ochi yo‘lbarsni sovg‘a qilgan edi.
Izoh (0)