O‘zbekistonlik tennischi Jo‘rabek Karimov AQShning Florida shtati Bradenton shahrida davom etayotgan turnirning juftliklar bahsidagi ishtirokini yarim final ostonasida to‘xtatdi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Karimov juftliklar musobaqasida gretsiyalik Stefanos Sitsipas bilan ikkinchi raqamli juftlikni hosil qilgandi. Ular chorak finalda kanadalik tennischilardan iborat beshinchi raqamli juftlik – Feliks Auger-Aliassime va Benjamin Sigouinga ikki setda ham bir xil 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, Jo‘rabek Karimov Bradenton shahridagi turnirning yakkalik bahslarida chorak finalga chiqdi.
Izoh (0)