FIFA Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirish masalasi ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Ushbu majlisda yakuniy qaror qabul qilinmadi. Lekin aksariyat delegatlar ishtirokchi davlat terma jamoalari sonining oshirilishiga qarshi chiqdi. Yakuniy qarorga qo‘shimcha yig‘ilish o‘tkazilgach kelinishi aytilmoqda.
Kutilganidek, yig‘ilishda jahon chempionati final bosqichidagi ishtirokchilar sonining oshishiga Osiyo va Afrika davlatlari xayrixohlik qildi. Shuningdek, FIFA prezidentligi uchun nomzod, UEFA Bosh kotibi Janni Infantino ham ushbu yangilikni qo‘llab-quvvatladi.
Har qanday holatda ham ishtirokchi davlatlar soni 2026-yilgi jahon chempionatiga qadar o‘zgarmay qoladi. Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, 1998-yilgi jahon chempionatidan buyon mundialning final bosqichida 32 ta terma jamoa ishtirok etib kelyapti.
Izoh (0)