O‘zbekiston terma jamoasiga nomzod tennischi Jo‘rabek Karimov AQShning Florida shtati Bradenton shahrida davom etayotgan tennis turniri yakkalik bahslarida muvaffaqiyatli odimlamoqda. Turnirda sakkizinchi raqam ostida harakat qilayotgan Jo‘rabek chorak finalga yo‘llanma oldi, deb xabar beradi “Olamsport”.
Toshkent vaqt bilan 4-dekabr tongida Jo‘rabek Karimov uchinchi davra uchrashuvini o‘tkazdi. Britaniyalik Rayan Jeyms Storriyega qarshi kortga chiqqan o‘zbekistonlik tennischi raqibini 3:6, 7:5, 6:4 hisobida taslim etdi.
Uning chorak finaldagi raqibi turnirning 14-raketkasi kanadalik Benjamin Sigouin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Jo‘rabek Bradentondagi turnirning birinchi davrasida amerikalik Aleksandr Rotsayertni, ikkinchi davrada yaponiyalik Yunosuke Tanakani mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Izoh (0)