Isroil askarlari Iordan daryosining G‘arbiy sohilidagi Xevron shahri hududida harbiyni pichoq bilan yarador qilgan ikki nafar falastinlikni o‘tib o‘ldirdi. Bu haqda Isroil Mudofaa Kuchlari rasmiy vakili Piter Lerner bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar bermoqda.
Lernerning ta’kidlashicha, ikki nafar arab Xevronda isroillik harbiyga pichoq bilan hamla qilib, uni yarador qilgan. Armiya kuchlari ularga javoban o‘t ochib, hujum qilganlarni yo‘q qilgan.
Isroilda ikki millat o‘rtasidagi mojarolar 2015-yil oktabr oyida avj oldi. Ushbu vaqt davomida Isroil va G‘arbiy sohilda amalga oshirilgan hujumlar oqibatida 19 nafar isroillik qurbon bo‘lib, 200 ga yaqini turli darajadagi tan jarohati olgan.
Izoh (0)