Parijliklar Respublika maydoniga bir qancha ming juft poyabzallar keltirdi. Shahar aholisi bu bilan tabiatning global isishiga dunyo e’tiborini qaratmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
29-noyabr kuni Parijda iqlim o‘zgarishi muammolariga bag‘ishlangan xalqaro anjuman boshlandi. Aynan shu kuni shaharda 400 ming kishidan iborat miting o‘tishi lozim edi. Ammo u 13-noyabrda Parijda sodir bo‘lgan terakt tufayli e’lon qilingan favqulodda holat tufayli amalga oshmaydigan bo‘ldi.
Izoh (0)