Kiyev meri va sobiq bokschi Vitaliy Klichko ukasi Vladimirni britaniyalik Tayson Fyuriga mag‘lub bo‘lgani uchun tanqid qildi. Bu haqda 29-noyabr, yakshanba kuni Ukrainaning “Vesti” nashri xabar berdi.
“Volodya na munosib tayyorgarlikni, na texnikani ko‘rsata oldi. Kichik Klichko nima uchun mag‘lub bo‘lganini o‘ylab ko‘rishi, shundan so‘ng keyingi qadamlarni tashlashi kerak”, — dedi Vitaliy Klichko.
Tayson Fyuri 29-noyabrga o‘tar kechasi Klichkoni mag‘lub etib, IBF, IBO, WBO va WBA yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempion sovrinlarini qo‘lga kiritdi. Vladimir Klichko bungacha oxirgi marta 2004-yil aprelida yutqazgan edi.
Izoh (0)