Rossiyada yashovchi Turkiya fuqarolari rasmiy organlar bosimi yuzasidan shikoyat bildirmoqda. Bu haqda “RBK” Turkiyaning Moskvadagi elchixonasi vakillari ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
“Oxirgi kunlarda Rossiyaning turli shaharlarida yashovchi Turkiya fuqarolaridan rasmiy organlar tomonidan bosim o‘tkazilayotganligi yuzasidan shikoyatlar kelib tushmoqda. Shikoyatlar tadbirkorlar, ishchilar, talabalar va oddiy fuqarolar tomonidan bildirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Elchixona hamyurtlari bilan bog‘lanib, shikoyatlar nimadan iborat ekanligini aniqlab, shundan so‘ng ma’lumotlarni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi va tegishli organlariga yetkazayotganligi ma’lum qilindi.
Elchixona vakilining ta’kidlashicha, diplomatlar “ushbu holat yuzasidan tushuntirish va bunday bosimning to‘xtatilishini” kutmoqda.
Turkiya va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar Su-24 samolyotining urib tushirilishidan keyin yomonlashdi.
Izoh (0)