Arxeologlar qadimgi Misr malikasi Nefertitining qabri topilganini ta’kidlamoqda, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Ma’lum bo‘lishicha, malika o‘gay o‘g‘li va ayni paytda kuyovi bo‘lgan Tutanxamon mozorida ko‘milgan bo‘lishi mumkin ekan. Imperatorning Luksordagi (Misr) mozori ochilgach, mazkur taxmin o‘z tasdig‘ini topgandek bo‘ldi — maqbaraning skaner yordamida tekshirilishi unda yashirin xona borligini ko‘rsatdi.
Olimlar Nefertiti ko‘milganligi ehtimoldan xoli bo‘lmagan joydagi tadqiqotlarni davom ettirmoqda.
Izoh (0)