Buyuk Britaniya shahzodasi Garri Janubiy Afrikadagi polo bo‘yicha xayriya o‘yini chog‘ida otdan yiqildi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Hodisa Garri jilovni tortganda ro‘y berdi: ot keskin to‘xtab, chavandozni itqitib tashladi. Shahzoda jarohatlanmagani bois o‘yin davom ettirildi, biroq o‘yin oxirida u yana maysaga yiqildi. Garri sardorlik qilgan jamoa yakunda 7:8 hisobida yutqazib qo‘ydi.
Garri otasi shahzoda Charlz kabi poloning tajribali o‘yinchisi hisoblanadi. U doimiy ravishda xayriya o‘yinlarida ishtirok etadi.
Izoh (0)