Belgiyada Parij teraktida aloqasi bor deb hibsga olingan olti nafar kishiga nisbatan ayblov e’lon qilindi. Bu haqda Le Figaro ma’lumotiga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Qo‘lga olinganlar Parij teraklarida ishtirok etgan deb gumonlanmoqda. Ularga, shuningdek, terrorizm bo‘yicha ham ayblov qo‘yilgan. Belgiya sharqidagi Vervyeda qo‘lga olingan ikki kishi esa ozodlikka qo‘yib yuborilgan.
Izoh (0)