Suriyada rossiyalik dengiz piyoda askari halok bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza.
Bosh shtabning ma’lum qilishicha, harbiy askar Rossiya Su-24 halokati joyida qutqaruv operatsiyasini amalga oshirish chog‘ida halok bo‘lgan.
General-leytenant Sergey Rudskoyning so‘zlariga qaraganda, shartnoma asosida xizmat qilayotgan askar Rossiya Mi-8 vertolyoti yerdan turib urib tushirilgandan so‘ng halok bo‘lgan. Avvalroq Su-24 halokatga uchragan hududda uchayotgan vertolyot Bashar Asad hukumat kuchlariga qarshi kurashayotgan tuzilmalar tomonidan urib tushirilganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Bosh shtab Suriyada urib tushirilgan vertolyot ekipaj a’zolari va qidiruv-qutqaruv guruhi tarkibi evakuatsiya qilinganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)