AQSh prezidenti Barak Obama Qo‘shma Shtatlar Su-24 samolyoti urib tushirilishi bo‘yicha ma’lumotlar olayotgani, shuningdek, Turkiya va Rossiya o‘rtasida muloqot zarurligini ta’kidlagan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Biz hozir ham bo‘lib o‘tgan hodisa tafsilotlari yuzasidan ma’lumotlar olyapmiz. Turkiya boshqa istalgan mamlakat kabi o‘z hududi va havo kengliklarini himoya qilish huquqiga ega. Shu bilan birga, ayni paytda eng muhimi — Rossiya va Turkiya o‘rtasida muloqot o‘tkazilishiga amin bo‘lish, munosabatlar keskin tus olishidan qochishdan iborat”, — deya o‘z fikrini bildirgan Barak Obama.
Izoh (0)