Rossiya mudofaa vazirligi Turkiya qiruvchi samolyoti tomonidan urib tushirilgan Su-24 samolyotining bir nafar uchuvchisi halok bo‘lganini rasman tasdiqladi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.
Vazirlikda samolyotga raketaning tegishi Suriya hududida ro‘y berganligi ta’kidlandi. Su-24 qulagan joy Turkiya chegarasidan 4 kilometr uzoqlikda joylashgan. Ekipaj katapulta yordamida omon qolgan, biroq uchuvchilardan biri yerdan turib o‘qqa tutilishi oqibatida havoda ekanligi chog‘ida nobud bo‘lgan.
Ikkinchi uchuvchining taqdiri hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq OAVda Su-24 ning har ikkala uchuvchisi halok bo‘lgani haqida xabarlar chop qilingandi.
Izoh (0)