Belgiya hukumati 21-noyabr, shanba kuni mamlakat poytaxti Bryusselda terrorchilik xavfining eng yuqori darajasini e’lon qildi, deya xabar bermoqda Yahoo News xavflar tahdidi bo‘yicha milliy muvofiqlashtiruvchi markazga tayanib.
“Bryusselda terrorchilik xavfi darajasi maksimal — to‘rtinchi darajaga yetdi”, — deyiladi markaz xabarida. Ta’kidlanishicha, tahliliy ma’lumotlar “jiddiy va bevosita xatar” haqida guvohlik bermoqda. “Ushbu daraja muayyan xavfsizlik choralarini qo‘llash, shuningdek, aholi uchun tavsiyalar berishni talab qiladi”, — deya aniqlik kiritdi markazdagilar.
Belgiya huquqni himoya qilish organlari Parijdagi teraktlar haqidagi ish bo‘yicha tekshiruv doirasida operatsiya o‘tkazmoqda.
20-noyabr kuni mamlakat prokuraturasi ushbu ish bo‘yicha hibsga olinganlardan biriga nisbatan ayblov e’lon qildi. Uning ism-sharifi oshkor etilmayapti.
19-noyabr kuni Belgiya politsiyasi Bryussel tashqarisida reydlar o‘tkazib, Parij teraktlari ishi bo‘yicha to‘qqiz kishini qo‘lga olgan edi.
Izoh (0)