Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy Ligasi 30-turi doirasida 21-noyabr, shanba kuni “Paxtakor” — “Andijon” va “Navbahor” — “Lokomotiv” uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. “Uff.uz” xabariga ko‘ra, mavsumdagi so‘nggi o‘yinlarda futbol bo‘yicha 2015-yilgi O‘zbekiston chempioni nomi aniqlandi.
“Paxtakor” o‘z maydonida “Andijon” darvozasiga javobsiz oltita gol kiritdi va chempionlikni tantana qildi. Bu “Paxtakor” tarixidagi 11-chempionlik bo‘ldi.
Ushbu uchrashuvda hujumchi Igor Sergeyev ikkita gol urib, jami 23 gol bilan Oliy Liga—2015 to‘purariga aylandi.
“Lokomotiv” esa “Navbahor” maydonida 3:2 hisobida g‘alabaga erishdi. Uchrashuvda “Navbahor” 2:1 hisobida oldinda borayotgan edi, ammo so‘nggi daqiqalarda gollar o‘tkazib yubordi.
“Qiziq tomoni, ‘Lokomotiv’ning ikkinchi goli 90+1-, uchinchi goli esa 90+2-daqiqada kiritildi”, — deb yozadi “Uff.uz”.
Oliy Liga—2015 30-tur uchrashuvlari
“Paxtakor” (Toshkent) — “Andijon” 6:0 Gollar: Masharipov (15), Sohibov (41), Krimets (45+1), Sergeyev (72-pen., 84), Soliyev (86-pen.).
“Navbahor” (Namangan) — “Lokomotiv” (Toshkent) 2:3 Gollar: Valijonov (52), Shixov (68) — Abduxoliqov (44), To‘rayev (90+1), Mamazulunov (90+2).
Izoh (0)