Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy endokrinologiya tibbiyot markazi ikkinchi yildirki, mamlakatda qandli diabetni pompali (nasosli) davolash usulini joriy qilmoqda, deb yozadi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi rasmiy sayti.
200 dan ziyod bola davlat byudjeti hisobidan qondagi qand miqdori darajasini saqlab turishga yordam beruvchi maxsus qurilmalarga ega bo‘ldi.
Pompali davolash parhez va jismoniy mashqlar, oddiy insulin ukollari istalgan natijani bermaydigan hollarda, ya‘ni qiyin tiklanadigan qandli diabetda buyuriladi. Insulin pompasi qo‘llanilganida, ko‘pincha, bemorga insulin dozasi kamaytiriladi, bunda davolanish to‘g‘ri olib borilishi va qand darajasi qat’iy nazorat qilinishi hisobga olinadi.
Izoh (0)