Rossiyaning Kaluga viloyatida 16-noyabr, dushanba kuni tongda Chevrolet Lacetti yengil avtomobili va yarim tirkamali MAN yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. “12news.uz” xabariga ko‘ra, avariya oqibatida besh nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yengil mashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning qarama-qarshi qatnov qismiga chiqib ketgan, qatnov qismini ajratib turuvchi to‘siqqa, shundan so‘ng yuk mashinasiga borib urilgan.
Rossiya Ichki ishlar vazirligining Kaluga viloyati bo‘yicha boshqarmasi matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning barchasi Chevrolet Lacetti’ning ichida bo‘lgan.
Izoh (0)