Moskva shimoli-g‘arbidagi Aviatsiya ko‘chasida joylashgan “Ya Samarkand” kafesiga niqob taqqan 19 bosqinchi beysbol tayoqchalari bilan hujum qildi. Bu haqda huquq-tartibot organlaridagi manbaga tayanib, “Gazeta.ru” xabar qilmoqda.
Xabarda qayd etilishicha, muassasa xodimlaridan biri, O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan shaxs hujum qilganlardan qutulib qolish maqsadida ikkinchi qavat derazasidan sakragan va oyog‘ini sindirib olgan.
Bu ish bo‘yicha “Bezorilik” moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)