Misr politsiyasi Isroil va G‘azo sektori o‘rtasidagi chegaralar yaqinida 15 nafar afrikalik muhojirga tegishli jasadlarni aniqladi, deya xabar bermoqda Reuters kuch tuzilmalaridagi manbasiga tayanib.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, muhojirlarga Sinay yarim oroli shimolida, Rafax shahridan janubda hujum qilingan, ular o‘qqa tutilgan.
Shu hujum oqibatida yana sakkiz nafar qochoq jarohat olgan. Hozircha hujum kim tomonidan amalga oshirilgani va muhojirlar qaysi davlatdan kelgani aniqlangani yo‘q.
Izoh (0)