O‘zbekistonda Coca-Cola ichimligining ishlab chiqarilishi to‘xtatilishi haqidagi mish-mishlar rad etildi. Bu haqda, Coca-Cola Bottlers Uzbekistan kompaniyasiga asoslanib, “Review.uz” xabar bermoqda.
Coca-Cola Bottlers Uzbekistan direktori o‘rinbosari Rustam Raufovning ma’lum qilishicha, texnik nosozliklar sabab kompaniyaning Toshkentdagi megazavodi faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.
Biroq, 16-noyabr, dushanba kunidan boshlab mahsulot ishlab chiqarilishi to‘la hajmda qayta yo‘lga qo‘yiladi. Kompaniya faoliyati tugatilgani haqidagi axborot esa uydirmadan boshqa narsa emas, deydi kompaniya vakillari.
Ma’lumot uchun, Coca-Cola Bottlers Uzbekistan 2014-yil boshida ham “profilaktika ishlari sabab” mahsulot ishlab chiqarishni to‘xtatgan, biroq avgust oyidan zavod mahsulot ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘ygandi.
Izoh (0)