Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ittifoqchilik shartnomasi imzolangani o‘n yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovni tabrikladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Vladimir Putin O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanganiga 10 yil to‘lgani munosabati bilan tabrik telegrammasini yo‘lladi”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma 2005-yil 14-noyabr kuni Moskva shahrida imzolangan, 2006-yil 19-iyuldan kuchga kirgan.
Izoh (0)