Yevro-2016 musobaqasining so‘nggi saralash pley-offidan o‘rin olgan Bosniya va Gersegovina hamda Irlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda durang — 1:1 hisobi qayd etildi. Bu haqda “Uff.uz” xabar bermoqda.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo‘limning 82-daqiqasiga kelib, Breydi Irlandiyani oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib, Eden Jeko hisobni tenglashtirib, maydon egalarini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Yevro-2016 saralashi, pley-off
Bosniya va Gersegovina – Irlandiya 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 82 Breydi, 1:1 – 85 Jeko.
Bosniya va Gersegovina – Begovich, Zukanovich, Shunich, Spaxich, Sotsalich, Pyanich, Vishcha (Jurich, 73), Lulich (Xayrovich, 88), Muydja (Vranyesh, 51), Ibishevich, Jeko.
Irlandiya – Rendolf, Uord (Uilson, 67), Koulmen, Kio, Klark, Makkarti, Breydi (Makgidi, 86), Xulaxan (Makkleyn, 60), Xendrik, Uelan, Merfi.
Ogohlantirishlar: Uord (26).
Izoh (0)