Fransiya futbol federatsiyasi 17-noyabr, seshanba kuni “Uembli” stadionida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Angliya termasiga qarshi o‘yinni bekor qilmaslikka qaror qildi, deb xabar beradi “Uff.uz”.
- Voqea: Parijdagi teraktlar
Avvalroq, Fransiyada ro‘y bergan teraktlar tufayli xavfsizlik nuqtai nazaridan mazkur o‘yinni o‘tkazmalik masalasi ko‘rib chiqilayotgandi. Ammo federatsiya o‘yinni o‘tkazishni istamoqda.
Agarda mamlakat hukumati bu qarorga qarshi chiqmasa, 17-noyabr kuni Angliya – Fransiya termalari ishtirokida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Fransiya poytaxtida 13-noyabr, juma kuni turkum teraktlar sodir etilgan. Ulardan biri Fransiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazilayotgan “Stad de Frans” stadioni yaqinida ro‘y bergandi.
Izoh (0)