O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Istam Qudratov Kasablankada (Marokash) bo‘lib o‘tgan sambo bo‘yicha jahon chempionati yakunlari bo‘yicha ikki karra jahon chempioniga aylandi. Bu haqda “12news.uz” xabar bermoqda.
Ilk bor 2011-yilda jahon chempioni bo‘lgan zarafshonlik sambochiga 74 kilogrammgacha bo‘lgan vazndagi bahslarda teng keladigan topilmadi. Uning jamoadoshlari — Sattor Ergashev (-52 kg), Sarbon Ernazarov (-68 kg) va Islomjon Azimov (-100 kg) chempionatning bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)