“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida Surxondaryo viloyatida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi, deb xabar beradi O‘zA.
– Ushbu dastur milliy qadriyatlarimizga mos an’analarni keng qaror toptirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilayotir, – deydi viloyat mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i Abdusalom Xo‘jaqulov. – Dastur doirasida keksalar, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitini yanada yaxshilash, salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Joriy yilning o‘tgan davrida viloyatda ehtiyojmand oilalarning qariyalariga moddiy yordam ko‘rsatildi. 660 ga yaqin keksa avlod vakili turli reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta’minlandi. 1850 ga yaqin yolg‘iz pensioner va nogiron fuqarolarga sanatoriylarga bepul yo‘llanma berildi. Besh yuzga yaqin Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriysi sanatoriy-kurortlarda bepul davolanib, sog‘lig‘ini mustahkamladi. Ayni paytda vohada yana ellikka yaqin Ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriysini sanatoriylarga jo‘natishga hozirlik ko‘rilmoqda.
Izoh (0)