“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati raisi Ochilboy Ramatov va Ispaniyaning Patents Talgo S.L. kompaniyasi ijrochi direktori Xose Maria de Oriol Fabra oshirilgan sig‘imga ega ikkita yuqori tezlikli poyezd yetkazib berish haqida shartnoma imzoladi, deya xabar bermoqda “Jahon” axborot agentligi.
Imzolash marosimi Toshkentdagi investitsiyaviy forum doirasida bo‘lib o‘tdi. Bitim 2015-yil martidagi yuqori tezlikli temir yo‘l harakati sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum asosida tuzildi.
Poyezdlarning ushbu partiyasi O‘zbekiston tomonining individual buyurtmasiga ko‘ra ishlab chiqariladi. Yangi poyezdlar avvalgilaridan shunisi bilan farq qiladiki, ularga ikkita qo‘shimcha vagon qo‘shiladi.
Izoh (0)