O‘zbekistonlik mashhur aktyor Javohir Zokirovga “Moskvoboddan qochish” (“Pobeg iz Moskvabada”) filmidagi ijrosi uchun “Probujdeniye” Butunrossiya kinofestivalida eng yaxshi bosh rol ijrochisi yo‘nalishida diplom topshirildi. Bu haqda aktyor My Day nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu film ssenariysi o‘zbekistonlik rejissor Yusuf Roziqovga tegishli bo‘lib, Javohir Zokirov unda uyi va oilasidan uzoqdagi Hasan ismli muhojirni jonlantiradi.
Aktyor Rossiyada, shuningdek “Ostonalar” (“Porogi”) serialida ham suratga tushdi. Bundan tashqari, O‘zbekistonda uning yangi “Baron” filmi (rejissor — Rustam Sa’diyev) yaqinda premyera qilinadi.
Izoh (0)