Eronning Taxti shahrida o‘zbek kurashi bo‘yicha navbatdagi jahon chempionati boshlandi. 5-noyabr, musobaqaning ilk kuni O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bir yo‘la 3 ta oltin va 2 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda “Olamsport” xabar beradi.
Murod Do‘simbetov bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolaridan oltin medalni birinchi bo‘lib -81 kilogramm vazn toifasida gilamga chiqqan Timurxon To‘rayev keltirdi.
-100 kilogramm vaznda kurashgan Erkin Doniyorov va eng og‘ir +100 kilogramm vazn toifasidagi polvon Muhsin Xisomiddinov ham jahon chempioni nomiga sazovor bo‘ldi. -81 kilogramm vazndagi yana bir o‘zbekistonlik kurashchi Ruslan Boltayev hamda +100 kilogramm vazndagi Bekzod Karimovlar kumush medali bilan taqdirlandi.
Izoh (0)