Turkiya Iqtisodiyot vazirligi Eksport bosh boshqarmasi boshlig‘i Veysel Parlak boshchiligidagi avtomobilsozlik sohasi vakillaridan iborat delegatsiya 9—12-noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
Tashrif doirasida “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorlikda seminar va firmalar o‘rtasida biznes-forum o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Delegatsiya a’zolari “SamAvto”, JV MAN Auto-Uzbekistan, GM Powertrain singari ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishadi, Auto&Parts Uzbekistan 2015 ko‘rgazmasida qatnashadi.
Izoh (0)