Boliviya prezidenti Evo Morales polietilen paketlarga nisbatan keskin tanqid bilan chiqdi va mamlakat aholisini ularni ishlatishdan voz kechishga chaqirdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
“Biz iste’molchilik madaniyatidan voz kechishimiz kerak, avvallari bunday paketlarni ishlatmasdik, biz G‘arb madaniyatiga botib ketyapmiz”, — dedi u.
Morales so‘zlariga ko‘ra, hatto tub aholi ham matodan tikilgan an’anaviy sumkalardan voz kechmoqda. Prezident yurtdoshlarini ushbu eski amaliyotga qaytishga da’vat etdi.
Izoh (0)