Volkswagen avtokonserni 2015-yilning uchinchi choragi yakuniga ko‘ra 3, 48 milliard yevro miqdorida zarar ko‘rdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Kompaniya 1,73 milliard yevro miqdorida sof zarar ko‘rgan, bir yil avval xuddi shu davrda kompaniya sof foydasi 2,93 milliard yevroni tashkil etgan edi.
Volkswagen vakillarining ma’lum qilishicha, mojaro bilan bog‘liq xarajatlar sabab operatsion foyda ko‘rsatkichi o‘tgan yilgi natijalardan “sezilarli kam” bo‘ladi.
Kompaniya joriy yilgi savdo ko‘rsatkichlari o‘tgan yilgi rekord — 10,14 million avtomobilni takrorlaydi, deb kutmoqda.
Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi oxirida Volkswagen’ning dizel dvigatellari atrofida katta mojaro kelib chiqdi. Kompaniya o‘zining 11 million avtomobiliga noqonuniy dasturiy ta’minot o‘rnatganini tan oldi.
Izoh (0)