“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi o‘rinbosari Rustam Yusupov avtomobillar uchun detallar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish grafigi tasdiqlanganini ma’lum qildi, deb yozadi “12news.uz”.
U Prezidentning “2015—2019-yillar uchun tayyor mahsulotlar, komplekt qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tasdiqlangan.
Unda 48 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Shu yil oxirigacha ularning 17 tasi amalga oshiriladi. Kelajakda bu 85 dan ortiq detallarni o‘zlashtirish imkonini beradi.
Izoh (0)