Rossiya prezidenti Vladimir Putin “AvtoVAZ” rahbari Bu Anderssondan mahalliy “Lada” avtomobillarini Moskva va Sankt-Peterburg ko‘chalariga qaytarishni so‘ragan. Bu haqda Anderssonning o‘zi Italiyada, yangi Vesta modeli sinovlari chog‘ida ma’lum qildi, deya xabar berdi “Gazeta.ru”
“Rossiyada ishlayotganimga yetti yil bo‘ldi. Putin bilan nemis tilida suhbatlashish imkoni tug‘ilganda undan ‘AvtoVAZ’ni chet ellik mutaxassis boshqarayotgani kamchilikmi yoki afzallik, deb so‘radim. U eng asosiysi amalga oshirayotgan ishimizning davom etishi va ‘Lada’ avtomobillarini Moskva va Sankt-Peterburgga qaytishi ekanligini aytdi”, — deya ta’kidlagan Andersson.
Uning aniqlik kiritishicha, 2014-yili “Lada” mashinalarining Moskvadagi ulushi 4% bo‘lgan, joriy yilda esa bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil etmoqda. Sankt-Peterburgda esa bu raqamlar tegishli ravishda 8 va 9 foizga teng bo‘lgan.
Izoh (0)