Germaniyaning Volkswagen avtokonserni Xitoyda 5,9 ming dona Bentley Flying Spur va Continental avtomobillarini chaqirib oladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Xitoy Davlat sifat nazorati, tekshiruv va karantin boshqarmasi axborotiga ko‘ra, Volkswagen 2015-yilning 27-oktabridan boshlab 2012—2014-yillarda import qilingan Bentley Flying Spur avtomobillarining bir qismini va 2011-yil 5-fevralidan 2014-yil 15-mayiga qadar ishlab chiqarilgan Continental’larni chaqirib oladi.
Nazorat tashkiloti avtomobillarning elektr simlarida nosozlik aniqlangani sabab ularni chaqirib olish haqida qaror qabul qilgan. Volkswagen ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy ma’muriyatining mazkur qarori 5906 dona avtomobilga daxldor.
Izoh (0)