Rossiyaning Zvyozdniy gorodok posyolkasi ma’muriyati rahbari Aleksandr Shchipanov pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Bu haqda Meduza Rossiya IIV rasmiy vakili Yelena Alekseyeva ma’lumotiga tayanib xabar beradi.
Yelena Alekseyevaning so‘zlariga qaraganda, Shchipanov va yana bir mahalliy mansabdor – xavfsizlik bo‘linmasi bosh inspektori 250 ming rubl miqdorida pora olish davomida qo‘lga olingan.
“Gumonlanuvchilar savdo markazini rekonstruksiya qilish bo‘yicha investitsiyaviy shartnomani imzolash uchun tadbirkordan hammasi bo‘lib uch million rubl miqdorida pora talab qilgan. Pulning birinchi qismini olish chog‘ida tezkor xodimlar tomonidan hibsga olindi”, — deydi Alekseyeva.
Aleksandr Shchipanov Zvyozdniy gorodok posyolkasi ma’muriyatiga 2015-yilning iyunidan rahbarlik qilib kelayotgan edi.
Izoh (0)