2015-yilning 26-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Sun Litsze bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida 20—23-oktabr kunlari Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan ShHTga a’zo mamlakatlar Milliy koordinatorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi va O‘zbekiston delegatsiyasining XXR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chen Gopin bilan uchrashuvi nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning joriy masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Izoh (0)