• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Islom Karimov va Sindzo Abe O‘zbekiston – Yaponiya biznes-forumida ishtirok etdi

    Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida 25-oktabr kuni O‘zbekiston va Yaponiya ishbilarmonlarining biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Forumning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe ishtirok etdi, deb xabar qiladi O‘zA.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Islom Karimov Yaponiya O‘zbekistonning eng ishonchli hamkorlaridan ekanini ta’kidladi. O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik barcha sohalarda izchil rivojlanib borayotganini, mazkur biznes-forum savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va ijtimoiy-madaniy sohalardagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

    Sindzo Abe ikki mamlakat o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yuksak qadrlashini, o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish tarafdori ekanini alohida qayd etib, O‘zbekiston iqtisodiyoti izchil rivojlanayotganini ta’kidladi.

    O‘zbekistonda Yaponiya sarmoyasi ishtirokida tuzilgan o‘nta qo‘shma korxona, ushbu mamlakatning o‘n ikki kompaniyasi vakolatxonasi faoliyat ko‘rsatayotir. Ular transport, xizmat ko‘rsatish, sayyohlik, sog‘liqni saqlash, mashinasozlik va metallni qayta ishlash, yengil sanoat, eksport-import operatsiyalarini o‘tkazish, sarmoyaviy loyihalar doirasida asbob-uskunalar yetkazib berish kabi yo‘nalishlarda ish olib boradi.

    Yaponiya hukumati tomonidan ishlab chiqilgan “Taraqqiyotga rasmiy yordam dasturi” iqtisodiy munosabatlarda alohida o‘rin tutadi. Mazkur dastur doirasida O‘zbekistonga qiymati 140 milliard iyendan ziyod kreditlar taqdim etildi, 22 milliard iyendan ortiq beg‘araz yordam ko‘rsatildi, umumiy qiymati 13 milliard iyendan ziyod texnik hamkorlik loyihalari amalga oshirildi. 2014-yilda elektr energetikasi sohasida Farg‘ona vodiysida yirik issiqlik elektr stansiyasi qurilishini o‘z ichiga olgan Jupiter loyihasini amalga oshirishga qaratilgan hukumatlararo bitim imzolandi.

    Forumda Yaponiya ishbilarmonlariga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, sohaga sarmoya kiritishning istiqbollari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish omillari, neft-gaz va kimyo sohalaridagi istiqbolli loyihalar, “Navoiy”, “Jizzax” va “Angren” industrial zonalaridagi qulaylik va imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. O‘zbekiston va Yaponiya ishbilarmonlari hamkorligida turli sohalarda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar, ularning ijrosi va istiqboldagi rejalar haqida so‘z yuritildi.

    Anjumanda Yaponiyaning yirik kompaniyalaridan ikki yuzdan ziyod vakil ishtirok etdi. Isuzu Motors, Nippon Export and Investment Insurance, Dai Nippon Construction, Shimizu, Chiyoda, Mitsubishi, Marubeni, Toyota Tsushyo, Itochu, Fujifilm, Sakura Global Holding kabi kompaniyalar vakillari O‘zbekiston bozoridagi o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mavjud hamkorlikni yanada mustahkamlash niyatida ekanini qayd etdi.

    Biznes-forum yakunida energetika, neft-gaz, kimyo, geologiya, bank-moliya, tibbiyot, sayyohlik, qishloq xo‘jaligi, avtomobilsozlik kabi ko‘plab sohalardagi hamkorlikka oid qator hujjatlar imzolandi.

    Forum doirasida Yaponiya kompaniyalari faoliyatiga bag‘ishlangan hamda mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar aks etgan ko‘rgazma tashkil etildi.

    25.10.2015, 22:30   Izoh (0)   5338
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston va Yaponiya qiymati 8,5 mlrd dollardan ortiq qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

    25.10.2015, 21:55

    Sindzo Abe Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrining ochilish marosimida ishtirok etdi

    25.10.2015, 21:18

    O‘zbekiston va JETRO birgalikda invest-loyihalarni amalga oshiradi

    25.10.2015, 15:22

    Yaponiyaning Tsukuba universiteti O‘zDJTU bilan hamkorlik qiladi

    25.10.2015, 15:06

    NEC korporatsiyasi vitse-prezidenti O‘zbekistonga keldi

    25.10.2015, 13:41

    Yaponiya Bosh vaziri Toshkentga keldi

    24.10.2015, 23:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Braziliya AQSH tarif choralari tufayli JSTga shikoyat kiritdi

    Dunyo | 12 avgust, 00:15

    “Agar men bo‘lmaganimda, Putin hozir hech kim bilan gaplashmasdi ham” — Tramp

    Dunyo | 11 avgust, 23:50

    Boshidan o‘q yegan kolumbiyalik senator vafot etdi

    Dunyo | 11 avgust, 23:40

    AQSH maxfiy xizmati Putin va Tramp uchrashuvidan oldin Ankorijda bir uyni ijaraga olgan — NYT

    Dunyo | 11 avgust, 23:31

    Tramp Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan gaplashadi

    Dunyo | 11 avgust, 23:20

    Andijonda Damas 9 yoshli bolani urib yubordi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 23:10

    “Xotiramni yo‘qotib qo‘yishni istagandim” — aktrisa Huvaydo Jumayeva oila sabab san’atdan ketishga rozi bo‘lgani haqida gapirdi (video)

    Shou-biznes | 11 avgust, 23:00

    Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorining 40 foizi yonib ketgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:53

    O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi yalpi ichki mahsulotning 35 foiziga tengligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:40

    Janubiy Xitoy dengizida Xitoy va Filippin kemalari to‘qnashdi (foto, video)

    Dunyo | 11 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.