• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston va Yaponiya qiymati 8,5 mlrd dollardan ortiq qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

    Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe 24-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Tashrifning asosiy voqealari 25-oktabr kuni bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Ko‘ksaroy qarorgohida Yaponiya Bosh vazirini rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov va Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe shohsupaga ko‘tarildi. Davlat madhiyalari yangradi. O‘zbekiston va Yaponiya rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdi.

    Islom Karimov va Sindzo Abening tor doiradagi uchrashuvida ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

    Muzokarada siyosiy muloqotlarni izchil davom ettirish, savdo, sanoat, moliya, energetika, fan-ta’lim, madaniyat kabi sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishga kelishib olindi. Xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, xalqaro tahdid va xavf-xatarlarga qarshi birgalikda kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

    O‘zbekiston ham, Yaponiya ham Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklashda faol ishtirok etmoqda. Afg‘onistonda harbiy kuch ishlatish yo‘li bilan tinchlik o‘rnatib bo‘lmasligi, BMT shafeligida qarama-qarshi tomonlar o‘rtasida siyosiy muzokaralar o‘tkazish va ichki kelishuvga erishish eng to‘g‘ri va yagona yo‘l ekanligi uchrashuvda yakdillik bilan ta’kidlandi.

    O‘zbekiston va Yaponiya rahbarlari muloqotni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokarasida davom ettirdi. Tomonlar savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, o‘zaro savdo aylanmasi hajmini oshirish va nomenklaturasini kengaytirishga oid masalalarni muhokama qildi.

    Mushtarak intilishlar samarasida savdo aylanmasi tobora kengayib bormoqda. 2014-yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi qariyb 190 million dollarni tashkil etdi. O‘zbekistonda Kunchiqar mamlakatning 12 kompaniyasining vakolatxonasi ochilgan, yaponiyalik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘n korxona muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Oliy darajadagi muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida barcha sohalarda aloqalarni yanada faollashtirishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi. Foydalanilmayotgan imkoniyatlarni ishga solish, hamkorlik salohiyatini to‘liq yuzaga chiqarish yo‘llari muhokama qilindi.

    Muzokaralar yakunida Prezident Islom Karimov va Bosh vazir Sindzo Abe O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida strategik sheriklikni chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonotni imzoladi. Tashqi ishlar vazirliklari va moliya muassasalari o‘rtasida, energetika, ilm-fan, sog‘liqni saqlash sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolandi. Energetika va transport tizimini modernizatsiya qilish, mineral-xomashyo resurslarini o‘zlashtirish va qayta ishlash, avtomobilsozlik, neft-gaz va kimyo sanoati, telekommunikatsiya va boshqa zamonaviy sohalarda 8,5 milliard dollardan ortiq qiymatdagi qo‘shma investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

    “O‘zbekiston va Yaponiya rahbarlari ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda muzokaralar amaliy va ishchan ruhda o‘tganini, erishilgan kelishuvlar mamlakatlarimiz hamkorligini yangi mazmun bilan boyitganini ta’kidladilar. Muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha tomonlarning pozitsiya va qarashlari bir xil yoki yaqin ekani, mamlakatlarimiz o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligi qayd etildi.

    Kunning ikkinchi yarmida Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida bu yerda amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga yuksak baho berdi”, — deyiladi O‘zA xabarida.

    Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining qurilishida Ikkinchi jahon urushi yillarida taqdir taqozosi bilan O‘zbekistonga kelib qolgan yaponiyaliklar ham ishtirok etgan. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan mazkur teatr binosi yaqinda rekonstruksiya qilinib, to‘la ta’mirlandi. O‘zbekiston va Yaponiya Bosh vazirlari yanada chiroy ochgan ushbu koshonaning ochilish marosimida ishtirok etdi.

    “Sindzo Abe yapon harbiylari mangu qo‘nim topgan maskanga tashrif buyurdi, ular xotirasiga bag‘ishlab bunyod etilgan yodgorlik poyiga gul qo‘ydi. Yaponiya Bosh vaziri bu joy obod maskanga aylantirilgani, vatandoshlarining xotirasi abadiylashtirilgani uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi”, — deyiladi O‘zA xabarida.

    25.10.2015, 21:55   Izoh (0)   5628
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sindzo Abe Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrining ochilish marosimida ishtirok etdi

    25.10.2015, 21:18

    O‘zbekiston va JETRO birgalikda invest-loyihalarni amalga oshiradi

    25.10.2015, 15:22

    Yaponiyaning Tsukuba universiteti O‘zDJTU bilan hamkorlik qiladi

    25.10.2015, 15:06

    NEC korporatsiyasi vitse-prezidenti O‘zbekistonga keldi

    25.10.2015, 13:41

    Yaponiya Bosh vaziri Toshkentga keldi

    24.10.2015, 23:56

    AQSh elchixonasi “Grin kard”da qatnashish uchun vositachi firmalar xizmatidan foydalanmaslikka chaqirdi

    24.10.2015, 20:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pagani va Bulgari hamkorlikda olmos bilan bezatilgan giperkar yaratdi

    Layfstayl | 27 iyun, 10:59

    Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam

    Reklama | 27 iyun, 10:30

    “Isroil bilan urushdan ko‘rilgan zarar jiddiy” — Eron tashqi ishlar vaziri

    Dunyo | 27 iyun, 10:46

    O‘zbekistonda ortiqcha undirilgan soliqlarni kelgusi to‘lovlar hisobiga kiritish muddati qisqartirildi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 10:37

    Sayohatni qulay va xotirjam o‘tkazishga yordam beradigan maslahatlar

    Maslahatlar | 27 iyun, 10:34

    Armaniston KXSHTdan butunlay chiqish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 27 iyun, 10:15

    “Manchester Siti” “Al-Hilol”ga qarshi — Klublar o‘rtasidagi JCHning chorak final bosqichi juftliklari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 27 iyun, 10:10

    Shavkat Mirziyoyev matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini tabrikladi

    O‘zbekiston | 27 iyun, 10:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.