“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevropa Chempionlar Ligasining guruh bosqichidagi “PSJ” klubi bilan o‘yindan so‘ng doping nazorat testidan o‘tadigan futbolchilardan biri bo‘lganidan qattiq ranjidi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Portugaliyalik futbolchi o‘zini tekshiruvlardan haddan ziyod ko‘p o‘tmoqda, deb hisoblamoqda. “Qanaqasiga doim faqat men? Bu testlardan faqat bir xil o‘yinchilar o‘taveradimi?”, — deya noroziligini yashirmagan Ronaldu “Qirollik klubi” shifokorlaridan biri bilan suhbatdan so‘ng.
Izoh (0)