Barselonaning korrupsiyaga qarshi organiga sport advokatidan maktub kelib tushdi. Unda Ispaniya hakamlar assotsiatsiyasi Primeraning 12-turidan o‘rin olgan “Real” — “Barselona” o‘yinini boshqarishga asosiy nomzod bo‘lib turgan hakamlar brigadasiga bosim o‘tkazishga uringani haqida yozilgan, deb xabar beradi “Chempionat”.
21-noyabr kuni o‘tkaziladigan uchrashuv hakamlari keyinroq rasman e’lon qilinadi.
Maktubda aytilishicha, sentabr oyida Ispaniya hakamlar assotsiatsiyasi vakili va “klasiko”ning bosh hakami bo‘lishi kutilayotgan hakam o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tgan. Unda assotsiatsiya vakili Xose Anxel Ximenes de Morales Munyos referini “mehmonlarning g‘alabaga bo‘lgan imkoniyatlarini pasaytirgan holda, o‘yinga ta’sir ko‘rsatishga” chaqirgan.
Bu qo‘ng‘iroqdan keyin bosh hakam o‘z yordamchilaridan biriga murojaat qilgan va “uning xatolari kamroq e’tibor tortishi”ni aytgan. Yordamchi hakam esa o‘z navbatida advokat bilan bog‘langan.
Izoh (0)