O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe 2015-yil 24—26-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Yaponiya hamkorligini yanada rivojlantirishga oid keng ko‘lamli masalalarni, mintaqaviy va xalqaro siyosatga doir dolzarb muammolarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Tashrif yakunlari bo‘yicha tomonlarning Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan hukumatlararo, idoralararo va boshqa ko‘plab hujjatlar imzolanishi mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yaponiya bosh vaziri Shindzo Abe Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo davlatlari: Turkmaniston, Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston bo‘ylab tarixiy turnega jo‘nagani xabar berilgan edi.
Izoh (0)