O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov 22-oktabr, payshanba kuni Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.
O‘zbekistonda jamoat xavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, xizmat burchini bajarish va mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilishda mardlik va jasorat ko‘rsatgan hamda yosh avlodni ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi uchun ichki ishlar idoralarining bir guruh xodimlari “Mehnat shuhrati”, II darajali “Shon-sharaf”, “Do‘stlik”, “Mardlik” ordenlari, “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun”, “Shuhrat” medallari bilan mukofotlandi.
Qayd etish joiz, Xorazm viloyati Urganch shahar ichki ishlar bo‘limi harbiylashtirilgan yong‘in xavfsizligi qismi sobiq yong‘in o‘chiruvchisi, marhum Dilshod Yoqubov “Jasorat” medali bilan mukofotlandi.
Ma’lumot uchun, har yili 25-oktabr kuni O‘zbekistonda Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni nishonlanadi.
Izoh (0)